1000 dollargacha bo‘lgan davlat xaridlari endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3237-sonli qarori qabul qilindi.
O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarning hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko‘rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko‘plab kelishish jarayonlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansalorlik holatlarining mavjudligi sababli juda murakkab hisoblanadi, deyiladi qaror matnida.
Qarorga ko‘ra o‘rnatilayotgan yangi tartibga asosan 2018 yil 1 yanvarga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari quyidagi ekvivalentlarga muvofiq, ya'ni:
1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt — narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali;
1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt — buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali;
100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt — buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va korporativ xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi va Resurslar yagona milliy ma'lumotnomasi va Davlat xaridlari yagona axborot portali yaratilishi hamda 2018 yil 1 yanvardan ishga tushirilishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21
-
Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston | 15:10
-
Bolgariyada valutaning yevroga o‘zgarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 15:08
-
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi
Sport | 13:29
Mavzuga oid

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

14:10 / 14.05.2025