103 yoshli kambojalik ayol AQSh fuqaroligini qabul qildi
Kambojada Khmer Rouge rejimi zulmidan aziyat chekkan 103 yoshli ayol AQSh fuqaroligini qabul qildi. Bu haqida DailySabah xabar berdi.
Hong Inh AQShga deyarli 5 yarim yil avval, 97 yoshida kelgan. U yerda ayolning qizi va boshqa qarindoshlari istiqomat qiladi.
Ayol Los-Anjyelesdagi anjumanlar markazida o‘tkazilgan fuqarolikka qabul qilish marosimida qasamyod keltirib, 10 ming yangi fuqaro qatorida "Yulduzlar yog‘dusi" madhiyasini ijro etdi.
Marosim davomida unga 80 yoshli qizi Heng Men, 13 yoshli nevarasi Melissa Chay va boshqa qarindoshlari hamrohlik qildi.
Ayolning yana bir nevarasi Siv Tainning aytishicha, buvisi 1970-yillarda Khmer Rouge qat'iy rejimi ostida zo‘ravonlik va ochlikdan aziyat chekkan.
Boshqa bir nevarasi Ngun Tayngning so‘zlariga ko‘ra, uning buvisi doim AQShda yashashni istagan. "Tinch yurtda yashash - buvimning orzusi edi", - deydi u.
Khmer Rouge rejimi 1960-yillar oxirida Pol Pot rahbarligi ostida, Kommunistik partiyaning qurollangan militsiyasi sifatida yaratilgan va Komboja fuqarolik urushidan keyin, 1975 yilda to‘liq kuchga kirgan.
Mavzuga oid
22:30
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024