Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan xalq ta'limi mudirasi ishdan olindi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani xalq ta'limi bo‘limi mudirasi Nafisa Nishonova bugun o‘z vazifasidan ozod qilingan. Bu haqida Kun.uz nashriga Farg‘onadagi ishonchli manba ma'lum qildi.
Nafisa Nishonovaning 19 iyul kuni maktab direktorlari ishtirokidagi yig‘ilishda yozib olingan so‘zlari internetda shov-shuv keltirib chiqargandi. Audioyozuvda maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari majburiy mehnatga qay tariqa majburlanayotgani aks etgandi.
Kun.uz saytida tegishli idoralar e'tiborini bu vaziyatga tortish maqsadida «O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilishi fakt. Barcha sukut saqlamoqda» sarlavhasi ostida maqola nashr etildi.
Shuningdek, Samarqand shahri hokimligi shahardagi maktablar o‘qituvchilari va xodimlarini majburiy mehnatga jalb etayotganiga faktlar paydo bo‘ldi va Kun.uz bu ma'lumotlar asosida «Gap boshqa, ish boshqa: O‘qituvchi va shifokorlar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda!» sarlavhali maqola nashr qildi.
Keyinroq O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi Bosh prokurordan Samarqand shahri hokimi va farg‘onalik mudiraga jiddiy chora ko‘rishni talab qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq Samarqand shahri hokimi Vohid Rahimov ishdan olingandi.
Bu xabar kunning ikkinchi yarmida rad etildi.