Samarqand viloyatida bir kunda 6 nafar hokim almaşdi. Viloyat ma'muriy markazi Samarqand şahri hokimi almaştirilgani, şaharga Vohid Rahimov örniga Furqat Rahimov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Viloyatning bir neça tumanlariga ham yangi hokimlar kelgan. Qarorlar xalq deputatlari viloyat kengaşining 21 avgust kungi yiğilişida tasdiqlangan.
Viloyat hokimi matbuot xizmatining KUN.UZ naşriga ma'lum qilişiça, Bulunğur tumani hokimi Furqat Jaloloviç Rahimov Samarqand şahar hokimi vazifasiga ötkazilgaç, uning örniga Samarqand şahar içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Bahodir Bahromov kelgan.
Samarqand şahrining sobiq hokimi Vohid Rahimov avval xabar berganimizdek, viloyatning Paxtaçi tumaniga hokim etib tayinlangan.
Samarqand tumanida ham hokim almaştirilgan. Şu kungaça bu lavozimni egallab kelgan Botir Mamiroviç Qodirov örniga Şuhrat Öroqoviç Jamolov tayinlangan. Ş.Jamolov şu paytgaça Davlat soliq qömitasi qoşidagi respublika axborot-maslahat markazining hududiy bölimi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.
Tayloq tumani hokimi vazifasida işlab turgan Pölat Töyçiyeviç Ahmedov ham lavozimidan ozod qilingan. Uning örniga Kattaqörğon şahri hokimi lavozimida işlab kelgan Bahodir Sayfillayeviç Sa'dullayev Tayloq tumani hokim etib tayinlangan.
Kattaqörğon şahriga esa «MT-Invest Impeks» kompaniyasiga rahbarlik qilgan Muzaffar Qodiroviç Hoşimov hokim etib tayinlangan.













