Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi Farğona va Samarqand viloyatlarida öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqidagi xabarlardan keyin öz munosabatini bildirdi.
Federatsiya raisi örinbosari Baxtiyor Maxmadaliyev «Kun.uz» söroviga qaytargan javob xatida bu borada tegişli işlar olib borilgani, xususan, maqolalarda keltirilgan holatlar yuzasidan tekşiriş ötkaziş, aybdorlarga çoralar körişni sörab, Özbekiston Respublikasi Boş prokurori nomiga murojaat yöllangani haqida ma'lum qilgan.
«Kun.uz» sörovi

Javob xati:
«Özbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro Mehnat taşkilotining Zörlab işlatiş yoki majburiy mehnat töğrisidagi 29-Konventsiyasi hamda Majburiy mehnatni tugatiş töğrisidagi 105-Konventsiyasini ratifikatsiya qilgan.
Özbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Xalqaro Mehnat Taşkilotining yuqorida qayd etilgan Konventsiyalari talablariga köra, Özbekiston Respublikasida majburiy mehnat taqiqlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir şaklda ma'muriy tarzda majburlov ma'muriy javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.
Majburiy mehnatga yöl qöymaslik maqsadida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boşqa ijtimoiy şeriklar bilan Xalqaro Mehnat Taşkiloti örtasida hamkorlik yölga qöyilgan. 2013 yildan buyon paxtaçilikda bolalar mehnati va majburiy mehnat ustidan xalqaro va milliy monitoring olib borilmoqda. Özbekiston hukumati tomonidan körilayotgan izçil çoralar natijasida yurtimizda bolalar mehnati töla bartaraf etilgani, majburiy mehnat xavfi yildan-yilga kamayib borayotgani bugun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmoqda.
Joriy yilning 21 iyul kuni Sof.uz saytida naşr etilgan «Dalaga yugur, pul yiğ, kartoşka ek». Öqituvçi?!» nomli va Kun.uz saytida naşr qilingan 26 iyul kungi «Öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilişi fakt. Barça sukut saqlamoqda» va «Gap boşqa, iş boşqa: Öqituvçi va şifokorlar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda!» maqolalar Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi e'tiboridan çetda qolmadi.
Maqolalarda keltirilgan holatlar yuzasidan tekşiriş ötkaziş, aybdor şaxslarga nisbatan tegişli prokuror ta'sir çoralarini köriş, şuningdek, joylardagi barça darajadagi prokurorlarga kelgusida fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qiliş kabi salbiy holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuçaytiriş böyiça tegişli körsatmalar berişni sörab Özbekiston Respublikasi boş prokurori nomiga murojaat yöllandi.











