Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vaziri: Ota-onalar farzandlarini oddiy jo‘mrakni tuzata olmaydigan darajada yengil hayotga o‘rgatmoqda
O‘zbekiston Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov XPK sessiyasida ishtirok etar ekan, O‘zbekiston tumani xalq ta'limi mudirasi (endilikda sobiq) Nafisa Nishonova faoliyati va umuman bolalarni mehnat qilishga hamda mustaqil hayotga tayyorlash borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani xalq ta'limi bo‘limining mudirasi hisoblangan Nafisa Nishonovaning yig‘ilishdagi fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Agar fuqaro sifatida uning gaplari tahlil qilinsa, ya'ni O‘zbekistonga jon kuydiruvchi bir fuqaro sifatida, uning gaplarida yomon illatlarni ko‘rganim yo‘q.
Masalan, maktabning yoki bolalar bog‘chasining bo‘sh turgan tomorqasiga kartoshka ekkin va shu kartoshka orqali bolalarni hamda o‘qituvchilarni himoya qilishga, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlashni arzonlashtirishda xizmat bo‘ladi, deyapti. Bo‘sh yotgan yer bo‘lsa, maktabni, bog‘chani yeri bo‘lsa, undan chiqqan hosil maktab o‘quvchilari, xodimlari uchun bo‘ladigan bo‘lsa, buning hech bir yomon joyi yo‘q.
O‘sha yer cho‘l bo‘lib yotganidan ko‘ra, ekib, yetishtirib, o‘quvchilar uchun arzonroq taom qilib berish mumkin. Yoki qiynalgan o‘qituvchiga yetishtirilgan mahsulotdan berib, ijtimoiy himoya qilish mumkin.
O‘sha audioyozuvda ikkinchi masala ham qo‘yilgan. Kitob mutoala qiling, gazeta o‘qing, obuna bo‘ling deyapti. O‘qituvchi yangi bilimlarni qayerdan oladi, matbuot nashrlaridan oladi. Agar rahbar sifatida mudira gazeta olinglar, obuna bo‘linglar, kitob olinglar, kitob o‘qinglar, deb turmasa, hamma kitob-gazeta o‘qimasa ham bo‘ladi. Bu rahbarning vazifasi, shunga binoan, men rahbar va vazir sifatida uni hech ham qoralamayman. Nafisa opa esa rahbar sifatida shunday talablarni qo‘ygan, buning yomon joyi yo‘q.
Biz mana shu jamiyatda yashayapmizmi, tekinxo‘rlikka o‘rganib qolishimiz kerak emas. Biz bolalarni mehnat orqali tarbiyalashimiz kerak. O‘zining hududini tozalashni, o‘zi mahsulot yetishtirishni, o‘zi ustida ishlashni o‘rgatish lozim. Agar hamma galstuk taqib, aql o‘rgataversa, bu ishlarni kim qiladi? Qachon kartoshka ekadi, qachon paxtani teradi, kim hosilni yig‘ishtiradi? Kiyishni, yeyishni bilsak, ishlash ham kerak-ku! Agar hamma shunaqa yuraversa, jamiyatda boshqa ishlarni kim bajaradi? Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Bu biz o‘qituvchilar jamoasining asosiy vazifasi, ya'ni tarbiyalash, mehnat bilan tarbiyalash va ana shunday hayotga tayyor tura bilishlikka o‘rgatish. Hozir o‘quvchilarimiz maktabni bitirib chiqadi, ota-onalar ularni qo‘lida bitta otvyortkani ushlab, elektr jihozini tugatish yo bo‘lmasa, jo‘mrakni tuzatish uquvi bo‘lmaydigan darajada yengil-yelpi hayotga o‘rgatayapti. Bunday qilish kerak emas. Ular mehnat bilan toblanishi kerak. Ana shunda hayotning achchiq kuniga ham, yaxshi kuniga ham tayyor bo‘lib boradi.
O‘ylaymanki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Biz birlashib, jonajon O‘zbekistonimizni rivojlanishi uchun mehnat qilishimiz kerak. Biz ham balki, Amerikadagi, Germaniyadagi kabi holatlarga yetib borarmiz. Buning uchun biz avval yaxshilab mehnat qilishimiz lozim. Bir-birimizni qo‘llab, mamlakatimiz iqtisodiyotini baquvvat holatga olib chiqib qo‘ysak, boyagi masalalarga shundoq ham o‘rin qolmaydi” , - dedit Ulug‘bek Inoyatov.
Mavzuga oid
19:22 / 28.08.2024
“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
11:19 / 09.07.2023
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning 3 nafari saylovda ovoz berdi
09:37 / 22.06.2023
Ulug‘bek Inoyatov: “Eng kam iste’mol xarajatlari belgilanishi qonun bilan kafolatlanishi kerak”
22:30 / 20.06.2023