Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkongda to‘fon sababli eng yuqori darajadagi xavflilik darajasi e'lon qilindi
Hongkongda Tinch okeanidagi Xato to‘foni sababli kuchli shamol xavfliligining eng yuqori – 9-darajasi e'lon qilindi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Hongkong observatoriyasi bunday ogohlantirishni mahalliy vaqt bilan soat 09:10da e'lon qilgan. Ob-havo mutaxassislari yaqin soatlarda 30 mm gacha yog‘ingarchilik tushishini prognoz qilmoqdalar. Shahar rahbariyati xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha maktablar, banklar, ofislar va davlat muassasalari, Hongkong fond birjasini yopib qo‘ygan. Bundan tashqari, shahar portidagi barcha ishlar va parom aloqasi to‘xtatilgan. Hongkong xalqaro aeroporti “Chxeklapkok”da kamida 320 ta reys bekor qilingan.
Ayni vaqtda to‘fon markazi Hongkongdan 100 km uzoqlikda dengizda joylashgan. To‘fon g‘arbga – Guandun viloyati tomon yo‘nalmoqda. Tropik yomg‘irlar yog‘ishi, shamol kuchi 145 km/soatga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
15:06 / 04.05.2026