Sport | 18:29 / 23.08.2017
20601
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Isko uchun kosmik narx belgiladi

«Real» bir yo‘la besh nafar futbolchi va jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidan bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Marca.

Manba bergan futbolchilar ro‘yxatida Isko, Marko Asensio, Karim Benzema, Marselo, Dani Karvaxal va Rafael Varan nomlari tilga olingan.

Asensioga shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirish taklif qilinadi, Benzemaga – 2021 yilgacha, qolganlarga – 2022 yilga qadar. Zidanga esa «Real»da 2020 yilgacha qolish taklif qilinadi.

Shu bilan birga yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, Iskoning shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan tovon puli 700 million yevroni tashkil qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid