Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘ziuchar qurilmalardan foydalanish korxonasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda «Innovatsiya markazi» maxsus ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. U mamlakat hududida o‘ziuchar qurilmalar ekspluatatsiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Iqtisodiyot sohalarida o‘ziuchar qurilmalardan foydalanishni rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida shu haqda so‘z boradi.
Hujjatga muvofiq, «Innovatsiya markazi» korxonasi iqtisodiyotda o‘ziuchar uchish qurilmalaridan foydalanadi va ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazadi.
Yangi korxona bunday qurilmalarning iqtisodiyot sohalarida qo‘llanilishi va foydalanilishi borasida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi. Shuningdek, samarali va tizimli foydalanilishini tashkil etadi.
Tuzilma, o‘ziuchar qurilmalarning foydalanilishidan olingan ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash bilan shug‘ullanadi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, mazkur hujjat kuchga kirganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan har qanday o‘ziuchar qurilmadan foydalanish, uning mulkchilik shaklidan qat'inazar o‘chiuchar qurilma operatori-Korxona xodimining bevosita boshqaruvida amalga oshiriladi.
O‘ziuchar qurilmalarni xarid qilish (davlat aviatsiyasi ehtiyojlari uchun sotib olinadiganlaridan tashqari) korxona bilan kelishilgan holda manfaatdor tashkilotlar buyurtmasi hisobiga amalga oshiriladi.
«Innovatsiya markazi» korxonasi buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ziuchar qurilmalarni qo‘llash borasidagi kelishuvlar asosida xizmat ko‘rsatish huquqiga ega.
«Innovatsiya markazi» korxonasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026