Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada avtobus va 9 ta mashina ishtirokida yirik YTH yuz berdi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida avtobus va to‘qqizta mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Politsiya bu holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
«Valixonov ko‘chasidan Respublika shoh ko‘chasi tomon harakatlanib kelgan «Iveko» markali avtomashina haydovchisi oldinda turgan to‘qqizta mashina bilan to‘qnashuv sodir etdi. Haydovchi oldinda to‘siqlar paydo bo‘lganda boshqaruvni nazoratdan chiqargan va transport vositasini vaqtida to‘xtata olmagan», - deya xabar berishgan shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmatidan.
YTH natijasida uch haydovchi tan jarohati oldi va shifoxonaga yetkazildi.
Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026