Jahon | 13:19 / 24.08.2017
4425
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada avtobus ishtirokida YTH yuz berdi, besh kishi halok bo‘lgan

Foto: Habertürk

Turkiyada yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Habertürk.

Xabarga ko‘ra, Izmirdan Anqaraga yo‘l olgan avtobus ko‘prikning tayanchiga borib urilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joyda qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, gap ko‘plab jabrlanganlar haqida bormoqda.

Avvalroq Turkiyada sayyohlar bilan to‘la bo‘lgan avtobus falokatga uchragani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid