Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Closer Makronning jozibadorligini 26 ming yevroga baholadi
Fransiya prezidenti Makronning o‘ziga zeb berishi o‘ta serxarajatdir. U Yelisey saroyida bo‘lgan 3 oylik muddat ichida vizajist xizmatiga 26 ming yevro sarflagan, deb yozmoqda Closer. Masalan, Fransua Olland makiyaj ishlariga bir oyda 6 ming yevro sarflagan, ammo to‘g‘ri shaxsiy sartaroshiga katta pul sarflagani ko‘pchilikning e'tirozlariga sabab bo‘lgandi.
Yuz rangining bir xilligi, terining yosh ko‘rinishi — nima Makron kimgadir yoqishni xohlayaptimi? Aytish mumkinki, ha, deb yozadi Closer. Gap makiyaj haqida borganida, Fransiya prezidenti oldi-orqasiga qaramay sarflaydi. U 3 oy mobaynida vizajistga 26 ming yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagan.
Emmanuel Makronning bu jihatdan o‘ziga xosligi e'tiborga olinsa, uning saylovoldi kampaniyasidagi vizajisti Natasha M. kelgusi besh yil mobaynida yuqori haq to‘lanadigan ish bilan ta'minlanganiga ishonsa bo‘ladi.
Albatta, har doim ajoyib jilolangan yuzga ega bo‘lish yoqimli, ammo bu arzon halovatlardan emas. Prezidentning shaxsiy vizajistiga tegishli ikkita 10 ming va 16 ming yevrolik chek bunga dalil bo‘la oladi.
Mavzuga oid
08:17
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026