Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning yuk mashinasi yosh yigitni urib ketdi
Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi M-5 trassasida chorshanba, 23 avgust kuni tirkamaga ega MAN yuk mashinasi Kandabulak qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 19 yoshli Aleksandr Yerofeyevni bosib ketdi. Olingan jarohatlar sababli piyoda yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Volga Nyus».
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasini Namangan viloyatida yashovchi O‘zbekistonning 48 yoshli fuqarosi Saidxonov boshqargan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, YTH yuz berishiga sabab – piyodaning qorong‘i paytda yo‘lning yuk mashinasi kelayotgan qismida harakatlanganidir.
Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi, hozircha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026