O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonda sil kasalligini davolash borasida tajriba almashishmoqda
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining sil kasalligi bo‘yicha mutaxassislar guruhi Tojikistonga yetib bordi. O‘zbekiston va Tojikiston ftiziatr-mutaxassislarining uchrashuvi birinchi marta Amerika xalqaro rivojlanish agentligi (USAID)ning qo‘llab-quvvatlashi ostida kechdi. News.tj shu haqida xabar berdi.
O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistondagi Sil, pulmonologiya va torakal jarrohlik milliy markazining Ilg‘or tajriba markazida bo‘lishdi. Shuningdek mutaxassislarimiz qo‘shni mamlakatdagi boshqa tibbiy o‘quv va sil kasalligini davolashga yo‘naltirilgan muassasalarga borishdi hamda u yerda tojikistonlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.
Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislar tibbiy ta'limdagi eng yangi yondashuvlar bilan tanishishdi va sil sohasidagi ta'lim integratsiyalarini tibbiy ta'lim muassasalari o‘quv dasturlariga kiritish borasida ma'lumot almashishdi.
Tojikistonda USAID tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Ilg‘or tajriba markazi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi tavsiyalari asosida minglab tibbiyot xodimlari va talabalarni sil kasalligini aniqlash va uni davolashda eng yangi yondashuvlarni qo‘llashga o‘rgatish maqsadida tashkil qilingan.
U yerda qatnashayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar Toshkentda USAID ko‘magida tashkil etilayotgan Ilg‘or tajriba markazida murabbiy va instruktor vazifalarini bajarishadi.
USAID tashkiloti besh yillik dasturining asosiy maqsadi - O‘zbekiston va Tojikistonda sil bilan kasallanganlar sonini kamaytirish.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
16:20 / 06.01.2025
Namanganda shifokorlar bolaning hayotini saqlab qoldi
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024