Jahon | 10:10 / 26.08.2017
4573
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy vertolyoti Yaman qirg‘oqlari yaqinida quladi

Foto: AP

AQSh qurolli kuchlarining Black Hawk vertolyoti Yaman qirg‘oqlarida halokatga uchradi. Bu haqda Reuters Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligiga asosan xabar bermoqda.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilardan birini qidirish ishlari olib borilmoqda. Vertolyot bortida bo‘lgan yana besh kishi qutqarilgan.

Aniqlik kiritilishicha, hodisa Yaman janubiy qirg‘oqlaridan 32 kilometr masofada yuz bergan. Markaziy qo‘mondonlik hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid