Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted»da yana «quruq» g‘alaba
Foto: Twitter/Premierleague
«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining uchinchi tur uchrashuvlari doirasida «Lester Siti» bilan o‘ynadi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida manchesterliklarning yangi hujumchisi Romelu Lukaku qatorasiga uchinchi o‘yinda gol urishi mumkin edi, ammo u penaltini aniq amalga oshira olmadi. 70-daqiqada «MYu» baribir hisobni ochdi — Markus Rashford Genrix Mxitaryan pasini golga aylantirdi. 82-daqiqada Marvon Fellayni Jyessi Lingard pasidan keyin o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, Joze Mourino shogirdlari qatorasiga uchinchi o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alabaga erishmoqda. Endi «MYu» 9 ochko bilan APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda. «Lester» 3 ochkosi bilan 16-pog‘onada qolgan.
Angliya chempionati, 3-tur
Manchester Yunayted – Lester 2:0
Gollar: 1:0 – 70 Reshford, 2:0 – 82 Fellayni.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Blind, Valensiya, Djons, Mata (Reshford, 67), Matich, Pogba, Mxitaryan (Fellayni, 74), Marsiyal (Lingard, 76), Lukaku.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Mahrez, Ndidi, Jyeyms, Olbrayton (Grey, 60), Okadzaki (King, 60), Vardi (Slimani, 76).
Ogohlantirish: Mxitaryan (54).
Mavzuga oid
12:36 / 25.11.2025
APLda noodatiy qizil kartochka ko‘rsatildi
13:01 / 20.10.2025
Mbappeda golli seriya, «Liverpul»da tarixiy mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari
15:35 / 18.10.2025
"Liverpul" "MYu"ga qarshi, Germaniyada klasiko. Hafta o‘yinlari anonsi
12:29 / 28.09.2025
Foto: Twitter/Premierleague