Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Isroil Madrimov ham katta ustunlik bilan yutdi va musobaqani davom ettiradi
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kuni bokschilarimiz uchun yakunlandi.
Bugun ilgariroq o‘tkazilgan janglarda 56 kg vaznda Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga yengilgan edi. 64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterresni, 91 kg.gacha bo‘lgan vaznda Sanjar Tursunov argentinalik Yara Peraltani, 49 kg.gacha bo‘lgan vaznda Hasanboy Do‘smatov kosta rikalik Robinson Rodrigesga qarshi jang o‘tkazib yengganidan ilgari xabar bergan edik.
75 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda hamyurtimiz Isroil Madrimov turkmanistonlik Aziz Ochilovga qarshi jangga chiqdi va texnik nokaut bilan sof g‘alaba qozondi. U har uch raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi va uchinchi raunddagisidan so‘ng referi jangni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
10:17 / 09.10.2024