Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Yevropa Ittifoqiga yo‘ldagi to‘siqlarni yengib o‘tishga va'da berdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Yevropa va Yevroatlantika yo‘li bilan borib, Yevropa Ittifoqi va NATO a'zosi bo‘ladi, deb aytdi.
“Ukraina va uning tashqarisidagi ba'zi siyosatchilar Yevropa Ittifoqi va NATOga a'zo bo‘lishimizga ishonmayaptilar. Biz to‘siqlarni yengamiz. Biz mamlakatni o‘zgartiramiz. Ukraina a'zolikka ariza berish uchun zarur bo‘lgan mezonlarga javob beradigan bo‘ladi. Biz yevropacha va yevroatlantik yo‘limizni davom ettiramiz”, deb aytgan Poroshenko Butunjahon ukrainaliklar anjumanida.
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker 2016 yil bahorida Ukraina, ehtimol, Yevropa Ittifoqi va NATOga yaqin 20-25 yil ichida a'zo bo‘la olmasligini aytgandi.