10:22 / 28.08.2017
6804

Bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun chuqurlashtirilgan fransuz tili

Foto: Frantsuz Alyansi

Frantsuz tili darslari

Toshkent Frantsuz Alyansi fransuz tili darslarini bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun CECRL standartining A1 boshlang‘ich darajasidan C1 mukammal darajasigacha sessiyalarini uyushtiradi. Ushbu markaz siz uchun ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda yakshanba kunlari darslar taklif etadi.

Imtihonlar.

Toshkent Frantsuz Alyansi DELF (Frantsuz tili o‘quv diplomi), DALF (Frantsuz tili chuqurlashtirilgan diplomi), 13 17 yoshli o‘quvchilar uchun DELF Junior va 8-12 yoshli o‘quvchilar uchun DELF Prim imtihonlariga tayyorlaydi. Fransiyada o‘qishni davom ettirishni istaganlar uchun Campus France o‘z maslahatlari bilan yordam ko‘rsatadi.

Yakka tartibdagi darslar.

Biz sizlar uchun yil davomida sizning maxsus talabalaringizga moslashtirilgan, ish qobiliyatingiz darajasiga to‘g‘ri keladigan yakka tartibdagi hamda mini-guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini beradigan darslar taklif qilamiz.

Faoliyatning turli sohalariga mo‘ljallangan darslar

Ushbu darslar sizga o‘z sohangizdagi faoliyatingizda muvaffaqiyat qozonishiga imkon beradi. Toshkent Frantsuz Alyansi muassasalar va ularning xodimlari( rahbariyat, xizmatchilar) talablariga binoan fransuz tilining barcha darajalaridagi professional muloqot turlarini taklif etadi. Darslar korxona binosida yoki TFA binosida uyushtiriladi. Bugungi kunda Alyansda Tarjimonlar, Tadbirkorlar va Turizm sohasida ishlayotganlar uchun darslar mavjud.

Chet el fuqarolari uchun O‘zbek tili darslari.

Toshkent Frantsuz Aliyansi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el fuqarolariga madaniy tajriba orttirish xohlovchilari uchun o‘zbek tili darslarini tavsiya qiladi. Darslar fransuz tilining yuqori malakali o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy kommunikativ texnika va texnologiyalar yordamida olib boriladi.

Toshkent Frantsuz Alyansi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida qiziqarli madaniy tadbirlar, Fransiyaning mashhur sanat arboblari va diplomatlari bilan tanishishlar, klublar, ko‘rgazmalar tashkil etadi. Shuningdek, Frantsuz Alyansi eng yirik Mediatekaga ega: 8 mingdan ortiq kitoblar, jurnallar, CD va DVD-disklar fondi. Bir yil mobaynida AFTda 1500 dan ortiq talabalar tahsil oladilar. Siz ham dunyoning fransuz tilida gaplashadigan ziyolilariga yaqinroq bo‘ling.

Kuzgi sessiyaga qabul 4 sentabrdan 23 - sentabrgacha amal qiladi.

Mashg‘ulotlarning boshlanish sanasi: 2.10.17.

Batafsil ma'lumot quyidagi telefon raqamlari orqali, soat 14.00 dan 19.00 gacha: (+998 71) 244 94 08; (+998 71) 244 94 09

Manzil: Zulfiya Xonim ko‘chasi, 112 (“Labzak” bekati).

Reklama huquqi asosida

Top