Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarni Xitoyning eng yirik savdo yarmarkasiga taklif etamiz
Tadbirkor va ishbilarmonlar diqqatiga! “Travel Today” sayyohlik kompaniyasi sizlarni Xitoyning Guanju shahrida bo‘lib o‘tadigan “Canton Fair – 122” ko‘rgazmasiga taklif etadi.
“Canton Fair” haqida
“Canton Fair” – Xitoyning import va eksport yarmarkasi bo‘lib, u 1957 yildan beri bahor va kuz oylarida o‘tkazib kelinadi. Mazkur ko‘rgazma uzoq tarixga ega eng yirik, keng miqyosli xalqaro savdo tadbiridir.
Agarda siz o‘z loyihangizni amalga oshirish niyatida bo‘lsangiz, yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni istasangiz, “Canton Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etib, yangi va zamonaviy uskunalar bilan tanishish hamda tajriba almashish imkoniga ega bo‘lasiz.
Qachon?
1 bosqich: 15-19 oktabr kunlari
2 bosqich: 23-27 oktabr kunlari
3 bosqich: 31 oktabr - 4 noyabr kunlari
Ko‘rgazmaning afzalliklari:
• Siz o‘z biznesingizni rivojlantirish uchun xalqaro tajriba bilan tanishasiz;
• Import va eksport sohasidagi eng so‘nggi yangiliklarni bilib olasiz;
• Yangi texnologiyalardan boxabar bo‘lasiz;
• O‘z g‘oyalaringizni chet ellik hamkasblar bilan o‘rtoqlashasiz;
• Xorijlik hamkorlar bilan shartnoma tuzasiz;
• Sayohat qilasiz
Shuningdek, siz ko‘rgazma davomida ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan uskunalarni xarid qilishingiz ham mumkin.
Qaysi sohadagi uskunalarni uchratish mumkin?
• Oziq-ovqat sanoati;
• Qishloq xo‘jaligi;
• Qurilish materiallari sanoati;
• Yengil sanoat;
• Kimyo sanoati;
• Tibbiyot sanoati;
• Matbaa sanoati;
• Transport;
• Boshqa ishlab chiqarish sohalari.
Ishlab chiqaruvchiga mahsulotni xarid qilayotganda berish zarur bo‘lgan savollar:
- Eksportga chiqarilganmi?
- MDH davlatlariga sotilganmi?
- Agar O‘zbekistonga sotilgan bo‘lsa, qaysi tashkilotga yetkazib berilgan?
- To‘lovni akkredetiv bilan to‘lash;
- Xitoyning qaysi hududigacha bepul yetkazib beriladi;
- Biron bir ehtiyot qismlari (zapchast) buzilsa kim tomonidan va qanday qilib almashtiriladi;
- Eng ko‘p almashtiradigan ehtiyot qismlari (uskunani sotib olish jarayonida birdaniga qo‘shib berishi uchun).
“Canton Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etishingizga “Travel Today” kompaniyasi yaqindan ko‘mak beradi. O‘z biznes loyihangizni ishonchli hamkor bilan amalga oshiring.
Murojaat uchun telefon: (+998 90) 350-00-56,
(+998 90) 350-00-46
(+998 90) 955-00-06
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 20-uy
Mo‘ljal: 16 shahar kasalxonasi
Sayt: www.bigtour.uz
ye-mail: [email protected]
Telegram: @traveltodayuz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026