Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya KXDR raketasini nima uchun urib tushirmaganini izohladi
Yaponiya o‘z havo hududidan uchib o‘tayotgan KXDR raketasini urib tushirmadi. Chunki u mamlakat hududlariga tahdid solmagan edi, dedi Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Ondera jurnalistlar bilan muloqotida.
"Hududimiz uzra raketa parvozi avval bo‘lmagan jiddiy tahdiddir. Bu mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikka xavf soladi hamda Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasini buzadi", — degan Onodera.
"O‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari radarlari raketa parvozini qayd qildi, ammo talofat yetkazish tahdidi bo‘lmagani sababli raketani urib tushirmaslikka qaror qilindi", — deya izoh bergan Yaponiya mudofaa vaziri.
"Parvoz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda raketa o‘rta masofalarga ucha oladigan turidan ekani ehtimol. Biz raketadan 3 ta qism ajralib chiqqanini qayd etdik, hozircha, ularning tafsilotlari o‘rganilmoqda", — degan vazir.
Mavzuga oid
08:36 / 02.07.2026
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:35 / 22.06.2026