Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Hakamlarning g‘alati qarori: Isroil Madrimov Troy Aysliga yutqazdi
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.
Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Kumarni 5:0, 64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Iqboljon Xoldorov garchi ikki marta shubhali tarzda ochkosi olib tashlanganiga qaramasdan, germaniyalik Artyom Harityunyanni 3:2 hisobida yengib yarim finalga yo‘l olishgan edi.
Chorakfinalning 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Isroil Madrimov Amerika Qo‘shma Shtatlari vakili Troy Aysliga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar bo‘yicha yengildi. Filippinlik va kubalik hakamlar 30:27 hisobida Isroilga ochko berishgan bo‘lsa, butun uch raundda ham Isroil barcha jabhada yaqqol ustunlik qilgan bo‘lsa-da, marokashlik, bolgariyalik va uelslik hakamlar 28:29 hisobida Ayslini g‘olib, deb topishdi.
Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.
91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)
52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)
60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)
69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)
81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)
91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
10:17 / 09.10.2024