Jamiyat | 23:42 / 29.08.2017
4338
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Poytaxtda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Kitob mutolaasi va muhokamasi – ma'rifiy ibrat olish yo‘li” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti professori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rahbari o‘rinbosari Alisher Ismoilov, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq shoiri Muzaffar Ahmedov, “Guliston” jurnali bo‘lim mudiri Shermurod Subhon so‘zga chiqib kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob o‘qishga targ‘ib etish ezgu amal ekanligini ta'kidladilar. 

Shuningdek, mazkur tadbir davomida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan chop etilgan 4 nomdagi jami 800 dona kitob bepul, beg‘araz tadbirga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilar, keng o‘quvchilar ommasiga tarqatildi. 

Tadbirda ta'kidlanganidek, davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi Farmoyishi mamlakatimizda intellektual rivojlanishning yangi bosqichini boshlanishida muhim o‘rin tutganini e'tirof etgan holda kitob mutolaasi va uning muhokamasi – ma'rifiy ibrat olish yo‘li ekanligini targ‘ib etish ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbirning maqsadini tashkil etdi. Shuningdek, Farmoyishda dunyo adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish masalasiga ham alohida ahamiyat berilganligi yanada xayrli bo‘lgani aytib o‘tildi. 
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda respublikamizning taniqli olimlari, adib va shoirlari, soha mutaxassislari, yoshlar vakillari, targ‘ibotchilar kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyati, o‘qish bilan birga ma'nan uqish, asarlarda bayon qilingan har bir ta'kid va fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqara bilishlikka e'tibor berilishi haqida maroqli va ta'sirli hayotiy misollar bilan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid