Iqtisodiyot | 15:37 / 30.08.2017
9930
2 daqiqa o‘qiladi

Bitkoin bozor qiymati 4600 dollardan oshdi 

Foto: Businessman.ua

Bitkoin (Bitcoin) o‘z tarixida ilk marotaba 4600 dollarlik pog‘onadan oshdi. Uning eng qimmat narxi 4616 (+5,1 foiz) dollarni tashkil etdi. Biroq kun tugashiga kelib bitkoin kursi birmuncha pasaydi. 

1 avgust kuni bitkoin tarmog‘ida Bitcoin Cash yangi kriptovalyutasi vujudga kelishiga sabab bo‘lgan hardfork yuz bergach, sarmoyadorlar raqamli aktivlar kelajagi borasida ishonchlari oshdi. Buning natijasida bir oy ichida bitkoin sezilarli qimmatlashib, 2735 dollardan joriy 4600 dollargacha o‘sdi. 

Harvard universiteti olimi va bitkoin sarmoyadori Dennis Porto so‘zlariga ko‘ra, bitkoin o‘sish sur'ati Mur qonuniga bo‘ysunadi. 

«Mur qonuni integral sxemasidagi kristallga o‘rnatiladigan tranzistorlar soni o‘sishini ta'riflash uchun ishlab chiqilgan. Biroq uni har qanday raqamli texnologiyaga qo‘llash mumkin, — deydi Porto.  — Tez sur'atlarda o‘sayotgan har qanday texnologiya ikki marta o‘sish vaqtiga ega bo‘ladi». 

Bitkoin uchun bu muddat 8 oyni tashkil etadi. Shu vaqt oralig‘ida uning narxi o‘sadi. Shunday qilib, 2021 yilga borib, Bir bitkoin narxi 100 000 dollardan oshishi mumkin.

Mavzuga oid