Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya KXDR raketa uchirganiga javoban qo‘shma mashqlar o‘tkazdi
AQSh va Janubiy Koreya qiruvchilari hamda bombardimonchilari KXDR navbatdagi raketani uchirgani tufayli qo‘shma mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda «Ryonxap» Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlariga asosan xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, mashqlarda Amerikaning B-1B strategik bombardimonchilari Guamdagi oroldan, Yaponiyada joylashgan F-35B qiruvchilari, shuningdek, Janubiy Koreyaning F-15K qiruvchilari ishtirok etgan. Bundan tashqari, KC-135 Stratotanker harbiy-transport samolyoti ham safarbar etildi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, mashqlar Kanvondo viloyatida o‘tkazilgan.
Avvalroq Janubiy Koreya KXDRni ogohlantirib qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026