Janubiy Koreya mudofaa rivoji böyiça agentligi ötgan hafta amalga oşirilgan ballistik raketalar sinovi tasvirlangan kadrlarni e'lon qildi. Yozuv KXDR navbatdagi marta raketa uçirganidan bir neça soat ötib internetda paydo bölgan.

Ryonxap agentligining xabar qilişiça, 86 soniya davomiylikka ega videoda harakat radiusi 500 va 800 kilometr bölgan raketalar sinovi körsatilgan. Şu bilan birga, ularning har ikkisi yer va suvdagi nişonlarni aniq möljalga olgan.

Janubiy Koreya mudofaa rivoji böyiça agentligi vakilining aniqlik kiritişiça, raketalar Koreya Respublikasining ogohlantiruvçi zarbalar tizimi va ommaviy jazolaş sxemasida asosiy elementlardan biriga aylanadi.

-  Bizning harbiylar Şimoliy Koreyadagi istalgan nuqtaga aniq va kuçli zarba beriş imkoniyatlariga ega. Vaziyat şuni talab qilsa, bu röy berişi mumkin, - deya ta'kidlanadi mahkama bayonotida.

Şimoliy Koreya 29 avgust erta tongda Kim Çen In rahbarligi ostida birinçi marta Yaponiya hududi ustidan uçib ötgan raketa sinovini ötkazdi. Raketa Yaponiyadan şarqqa tomon 1,2 ming km uzoqlikda Tinç okeaniga tuşgan.