Jahon | 07:55 / 31.08.2017
4303
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada o‘rmon yong‘inlari sababli 36 ta avtomobil to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

Foto: euronews.com

Braziliyada, Rio-de-Janeyro va San-Paulu shaharlarini bog‘lovchi yo‘lda 36 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan. To‘qnashuvdan keyin yong‘in chiqqan. 2 ta yuk mashinasi va 14 ta yengil mashina butkul yonib ketgan.

Favqulodda vaziyat Jakarei aholi punkti yaqinida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, mashinalarning ommaviy to‘qnashuvi yo‘ldagi ko‘rinishning yomonligi sababli yuz bergan. Hududda o‘rmon yong‘inlari yuz berayotgani yo‘lning tutun bilan qoplanishiga olib kelgan. Bunday sharoitda yuk mashinalaridan birining haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, qolgan mashinalar bilan to‘qnashib ketgan.

Ta'kidlanishicha, yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: euronews.com
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid