Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Bektemir Meliqo‘ziyev finalga chiqa olmadi
Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvlari vakillarimiz uchun yakunlandi.
52 kg.gacha bo‘lgan yarimfinal janglarida hamyurtimiz Jasurbek Latipov janubiy koreyalik Kim In-Kyuga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l olganini xabar bergan edik.
69 kg.ga bo‘lgan vazn toifasida o‘tgan yarimfinal uchrashuvida esa Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Ablayxan Jussupovni yengib, qarshi ringga chiqdi. Shahramning to‘liq ustunligi ostida o‘tgan jangda u 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
81 kg.gacha bo‘lgan vaznli bokschilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yarimfinal uchrashuvida Bektemir Meliqo‘ziyev irlandiyalik Joi Uordga qarshi ringga chiqdi va jangni ko‘tarinki ruhda o‘tkazganiga qaramasdan, hakamlarning qarori bilan g‘alaba irlandiyalik bokschiga berildi. Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionatining bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Hozirning o‘zida vakillarimiz qatnashgan barcha jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natija qayd etib bo‘lindi. O‘zbekistondan hech qachon to‘rt bokschi finalda ishtirok etmagan. Endi finalchilarimizdan oltin medalni qo‘lga kiritishlarini so‘rab, ularga omad tilab qolamiz.

Mavzuga oid

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025