Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dafn marosimi vaqti mumkin emas». Xitoy madhiyasini kuylash bo‘yicha qonun qabul qilindi
Butunxitoy xalq vakillari Kengashining doimiy qo‘mitasi a'zolari juma kuni Xitoy Xalq Respublikasi davlat madhiyasini kuylash reglamentini tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Sina nashrining yozishicha, qonun 1 oktabrdan boshlab kuchga kiradi.
«Qo‘mita a'zolari ovoz berish yo‘li bilan mazkur qonun loyihasini qabul qilishga qaror qildi. Endilikda ushbu qonun 1 oktabrdan kuchga kirishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.
«Madhiyaning mavqeyi va unga hurmat darajasini o‘ylagan holda, davlat ramzini tovar belgisi sifatida ishlatish mumkin emas. Shuningdek, jamoat joyida fondagi ohang sifatida hamda reklama lavhasida madhiya ohangidan foydalanish qonun bilan taqiqlanmoqda», deyiladi qonun loyihasida.
Endilikda, madhiyani dafn marosimi vaqtida kuylash mumkin emas, madhiya faqat bayroq ko‘tarilgan tadbirlar vaqtida kuylanadi.
Agar belgilangan tartib buzilsa, javobgar 15 sutkalik qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Qonun bandlari ko‘rsatilgani bo‘yicha madhiya matni umumta'lim maktablaridagi darsliklarga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, davlat ramzining turli nosiyosiy tadbirlarda yangrashi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.
Ma'lumot uchun, Xitoy Xalq Respublikasining davlat madhiyasida foydalaniladigan matn 1935 yil shoir Tyan Xan tomonidan yozilgan. «Ko‘ngillilar yurishi» nomi bilan ataluvchi madh qo‘shig‘i ilk bor XX asr o‘rtalarida Xitoy materik yerlariga hujum qilgan yapon askarlariga qarshi urush harakatlarida yangragan. 1949 yildan u rasmiy davlat madhiyasi sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid
21:10 / 14.04.2026
O‘zbekistonda o‘ziga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlaganlar soni 2,2 milliondan oshdi
14:57 / 26.12.2025
Kredit olishga taqiqni qanday rasmiylashtirish mumkin?
18:56 / 10.11.2025
Bolalarni ekrandan uzoqlashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq: bu qanchalik samara beryapti?
16:19 / 31.10.2025