Jahon | 23:58 / 02.09.2017
37867
2 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlaridan 39 kishi haj vaqtida Makkada hayotdan ko‘z yumdi

Joriy yil haj mavsumi boshlangandan beri arab davlatlaridan bo‘lgan kamida 39 ziyoratchi Makkada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Okaz nashrida chop etilgan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.

Eng ko‘p qurbonlar Misr va Jazoirdan bo‘lgan. Bu davlatlarning har biridan 8 ziyoratchidan halok bo‘lgan. Nashr bunda Saudiya Arabistoni bosh statistik byurosi ma'lumotlariga tayanmoqda. Byuroda ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar keksa yoshlilar bo‘lgan va tabiiy sabablar – surunkali kasalliklar avj olishi oqibatida vafot etganlar.

Shu munosabat bilan, qirollik sog‘liqni saqlash vazirligi musulmonlarga surunkali kasalliklar bilan hajni bajarishdan o‘zini tiyish zarurligini eslatib o‘tgan.

Nashr Makkadagi Mino vodiysi shifoxonasiga 2,2 mingga yaqin tibbiy yordam so‘rab murojaat qilingan holat haqida xabar bergan. Ziyoratchilar asosan quyosh urishi, yurak kasalliklari va qand kasalligidan shikoyat qilishgan. Shifoxonaga hozirda Saudiya Arabistonida kuzatilayotgan rekord darajadagi issiq havo tufayli yosh bolalar ham kelib tushmoqda. 

Haj amallari ado etiladigan joylarda doimo yordamga shay turgan mobil klinikalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid