Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017 finali: Kubaliklar yana g‘olib - Iqboljon Xoldorovga ham kumush medal
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvlari davom etmoqda.
Ma'lumki, vakillarimizdan to‘rt bokschi finalga yo‘l olgan va ularning hammasi kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishmoqda.
64 kg.gacha vaznga ega bokschilar finalida Iqboljon Xoldorov ham kubalik Andi Kruz Gomesga qarshi ringga chiqdi va hakamlar quygan ballarga ko‘ra 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. U terma jamoa hisobiga uchinchi kumush medalni olib keldi.



Oldinroq 46–49 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida bo‘lib dastlabki jangda Hasanboy Do‘smatov kubalik Joanis Argilagosga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal egasiga aylangan edi.
52 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida esa eng tajribali bokschilarimizdan biri Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veitiaga qarshi ringga ko‘tarilib, 0:5 hisobida yutqazdi.
Bizni endi 69 kg. vazn toifasidagi bokschilar jangida yana bir vakilimizning jangi kutmoqda.
Shahram G‘IYoSOV (O‘zbekiston) - Roniel IGLeSIAS GOMeS (Kuba)
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
09:37 / 25.01.2026