Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017 finali: Jasurbek Latipovning oltin medal uchun uchinchi urinishi ham o‘xshamadi
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvlari boshlandi.
Ma'lumki, vakillarimizdan to‘rt bokschi finalga yo‘l olgan va ularning hammasi kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishmoqda.
Oldinroq 46–49 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida bo‘lib dastlabki jangda Hasanboy Do‘smatov kubalik Joanis Argilagosga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal egasiga aylangan edi.
52 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida eng tajribali bokschilarimizdan biri Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veitiaga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchinchi raundda kutilmaganda Jasurbek zarba o‘tkazib yubordi hamda nokdaun holatiga tushdi. Bu esa o‘yin taqdiriga keskin ta'sirini o‘tkazdi. Oqibatda barcha hakamlarning ochkosi 5:0 hisobida Veitiaga nasib etdi. Dastlabki ikki raund teng kurashlar ostida kechganini qayd etish joiz.



Bizni yana vakillarimiz ishtirokidagi ikkita final jangi kutib turibdi.
64 kg. Final. 22:20:
Iqboljon XOLDOROV (O‘zbekiston) - Andi KRUZ GOMeS (Kuba)
69 kg. Final. 22:40:
Shahram G‘IYoSOV (O‘zbekiston) - Roniel IGLeSIAS GOMeS (Kuba)
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026