Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz idorasiga to‘lovni amalga oshirishini va'da berib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi
Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi N.R. tuman gaz idorasi nazoratchisi lavozimidagi faoliyati davomida mahallalarda ishlatilgan gaz haqini undirib yurib, firibgarlikka qo‘l urdi. Bu haqda Toshkent IIB xabar bergan.
Yangiyo‘l tumani Eski Qovunchi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1954 yilda tug‘ilgan G‘.Q.ning ishonchini suiste'mol qilib, «xonadoningiz gaz ta'minoti uchun hisobiga tushirib beraman» deb aldab, G‘.Q.dan 800.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Hozirda N.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026