Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hizbulloh» AQShni IShID jangarilariga gumanitar yordamni yetkazishga to‘sqinlik qilishda aybladi
Livanning harbiylashgan tashkiloti «Hizbulloh» AQShni uning harbiy samolyotlari evakuatsiya qilinayotgan IShID jangarilari bo‘lgan avtobus konvoylarini to‘xtatganida aybladi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Tashkilotdan ta'kidlashlaricha, AQSh aviatsiyasi avtobus konvoyiga yuborilgan gumanitar yordamga ham to‘sqinlik qilgan.
«Hizbulloh» bayonotiga ko‘ra, avtobuslarda nafaqat IShID jangarilari, balki ularning oila a'zolari, keksa insonlar, yaralanganlar va homilador ayollar ham bor.
Ularning ma'lumotiga qaraganda, konvoyning evakuatsiya qilinayotgan IShID jangarilari bo‘lgan oltita avtobusi Suriya hukumati nazoratida bo‘lgan hududda to‘xtab qolgan. Suriya armiyasi konvoyga erishilgan kelishuvlar doirasida harakatlanishga ruxsat berdi.
IShID jangarilari Livan bilan chegaradagi hududni «Hizbulloh» bilan kelishuv doirasida tark etishdi. Ushbu kelishuv terrorchilarga Iroq bilan chegara yaqinidagi IShID qo‘lida bo‘lgan hududga yetib olish imkonini beradi.
Avvalroq Suriyadagi cho‘lda IShIDning 17 avtobusidan iborat konvoy to‘xtab qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026