AQŞ boşçiligidagi koalitsiya vakillarining ma'lum qilişiça, içida IŞID jangarilari va ularning oila a'zolari bölgan 17 ta avtobusdan iborat konvoy Suriya hududidagi çölda töxtab qolgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Şuningdek, xabar qilinişiça, koalitsiya vakillari konvoyda bölgan ayollar va bolalarni qutqarib olişga harakat qilişgan. Şu bilan birga, konvoyga zarbalar berilmagan.
Agentlikning aniqlik kiritişiça, AQŞ Suriya hukumatiga murojaatni yetkaziş maqsadida Rossiya tomoni bilan boğlangan. Ular konvoyning Iroq bilan çegara yönalişiga qarab harakatlanişini yengillaştirişga uringan.
Avvalroq Suriya muxolifati AQŞ vositaçilar orqali IŞIDga qurol sotayotgani haqida ma'lum qilgandi.
















