Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tozalash-Antiterror” maxsus profilaktik tadbirining yakuniy natijalari ma'lum
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 26 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3095-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 25 iyuldagi farmoyishiga asosan respublika miqyosida “Tozalash-Antiterror” maxsus profilaktik tadbir o‘tkazildi.
IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining KUN.UZ'ga xabar berishicha, respublika miqyosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar mavjud obektlarning haqiqiy holatini o‘rganish, hududlarda tezkor vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularga ijobiy profilaktik ta'sir ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni hal etish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Tadbirga ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va 27.002 nafar jamoatchilik vakillar (MFY raislari, mahalla posbonlari, jamoat tashkilotlar vakillari va boshqa faollar) jalb qilindi.
Respublikadagi barcha mahallalarda 9.681 ta yo‘nalishlar tashkil etilib, ularning faoliyati doimiy ravishda nazorat qilib borildi.
Profilaktika inspektorlari rahbarligida tashkil etilgan tekshiruv guruhlari tomonidan respublikadagi mavjud 6.823.602 ta obektlar 7.245.326 marotaba o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida jami 283.098 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanib, 271.194 nafar fuqarolarga ma'muriy jarima belgilandi, 1.564 nafari ma'muriy qamoqqa olindi.
Aniqlangan jami 77.097 ta pasport-viza qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar tashkil etdi.
Shundan, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalarini buzgan 386 nafar xorijiy hamda MDH davlatlari fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Shubha uyg‘otganligi yoki huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 416.109 nafar fuqarolar ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga hamda ichki ishlar organlari tayanch punktlariga olib kelinib, 397.654 nafari tezkor profilaktik ishlovdan o‘tkazildi,
270.211 nafarining barmoq izlari va fotosuratlari olinib, EKB, Axborot markazlari hamda Navbatchilik qismlarining ma'lumotlar bazalariga kiritildi.
Tadbir davomida 2.581 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, 326 nafar giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan va 766 nafar ruhiy kasalligi aniqlangan shaxslar davolash muassasalariga joylashtirildi.
Maqsadsiz yurgan shaxsi noaniq, ish va o‘qish joyiga ega bo‘lmagan 1.941 nafar shaxslar reabilitatsiya markazlariga, 458 nafar fohisha va yengil tabiatli ayollar teri-tanosil kasalliklari dispanserlariga hamda 986 nafar ota-onasining nazoratisiz qolgan voyaga yetmaganlar ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirildi.
Profilaktika inspektorlari rahbarligida tuzilgan murabbiy guruhlar tomonidan ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 246.317 nafar shaxslar va jazolarni ijro etish inspeksiyasi hisobida turib jazo o‘tayotgan 276.581 nafar mahkumlar bilan profilaktik-ogohlantiruv ishlari amalga oshirildi.
Tezkor qiziqish uyg‘otgan 31.211 nafar shaxslarning turmush tarzi tezkor qamrov ostiga olindi.
Alohida e'tibor profilaktik hisobda turgan 3.987 nafar diniy ekstremistik oqim a'zolariga qaratilib, ularning turmush tarzi muntazam ravishda nazorat qilib borildi.
O‘tkazilgan profilaktik va tezkor ishlovlar natijasida 870 nafar ilgari sudlangan shaxslar ustidan ma'muriy nazorat o‘rnatildi.
Huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etishga moyil bo‘lgan 16.241 nafar shaxslar ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olindi.
Undan tashqari doimiy yashash joylaridan boshqa davlatlarga uzoq muddatga ketgan 71.948 nafar shaxslar aniqlanib, ichki ishlar organlarining ro‘yxat hisobiga olindi.
Doimiy yashash manziliga uzoq muddatdan qaytgan 67.988 nafar shaxslar profilaktik va tezkor ishlovlardan o‘tkazilib, 15.719 nafarning turmush tarzi tezkor qamrovga olindi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 588 nafar qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi.
Undan tashqari faoliyat ko‘rsatayotgan 211 ta YPX blok-postlarida va chegara maskanlarida 1.031.994 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Aholini hushyorlikka va ogohlikka chaqirish maqsadida 120 ming 255 marotaba mahalla fuqarolar yig‘inlarida, korxona-tashkilotlarda va ta'lim muassasalarida huquqiy mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Mavzuga oid
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
13:48 / 17.05.2023
O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar alohida, birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi
12:38 / 11.04.2023