Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada NATO harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar boshlanmoqda
Gruziyada 3-11 sentabr kunlari qo‘mondonlik-shtab va dala manyovrlari ko‘zda tutilgan Gruziya-NATOning ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlari Agile Spirit 2017 (Shaxdam iroda 2017) o‘tadi.
“Axaltsixadagi Orfolo poligonida 3 sentabr soat 12.00da ko‘p millatli harbiy mashg‘ulotlar Agile Spirit 2017 ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi. Ochilishda Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili va mudofaa vaziri Levan Izoriya ishtirok etadi”, deb aytilgan Gruziya mudofaa vazirligi xabarida.
AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari sherikchiligida o‘tadigan bu mashg‘ulotlar 7 marta bo‘lib o‘tadi. Harbiy mashg‘ulotlar dala va shtab bosqichlarini ko‘zda tutadi.
Mashg‘ulotlardan maqsad gruziyalik harbiylarning AQSh va boshqa hamkor davlatlar harbiylari bilan o‘zaro harakatlanishi, inqirozlarga javob berishga tayyorligini yaxshilash va NATOning tez javob berish kuchlari tarkibida qo‘shma operatsiyalarda ishtirok etishi hisoblanadi.
Joriy yilda mashg‘ulotlarda NATOga a'zo davlatlar, Gruziya, AQSh, Latviya, Ruminiya va Armaniston harbiylari ishtirok etishadi. Shu munosabat bilan Gruziyaga 500 nafar amerikalik harbiy yetib kelgan.
Gruziya va NATO o‘rtasidagi hamkorlik Gruziya “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi ishtirokchisiga aylangan 1994 yildan boshlangan. 2004 yilda Gruziyada bo‘lib o‘tgan inqilobdan keyin Gruziya va NATO hamkorligi yanada jadallashdi. 2008 yil Buxarestda o‘tgan NATO sammitida Gruziya alyans standartlariga muvofiq kelsa, NATO a'zosi bo‘lishi mumkinligi tasdiqlangan.
Gruziyada oxirgi yillar ko‘p millatli mashg‘ulotlar tez-tez o‘tkazilmoqda. Ulardan eng yiriklari Noble Partner, Agile Spirit va “Gruziya-NATO” mashg‘ulotlari hisoblanadi. Ularda turli davlatlardan minglab harbiylar ishtirok etishadi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026