Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati Bangladeshga kelgan barcha qochoq rohingyalarning xarajatlarini to‘lab bermoqchi
BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha agentligi yakshanba kuni bergan ma'lumotga ko‘ra, shu kungacha Myanmadan 73,000 kishi Bangladeshga boshpana izlab chiqib ketishga majbur bo‘lmoqda. Taxminan 400 nafar musulmon rohingyalari Rakxayn shahrida o‘ldirilgan, o‘ndan ortiq kishi tan jarohatlari olgan.
Dakka shahrida faoliyat olib borayotgan BMT vakili Jozef Tripuraning so‘zlariga ko‘ra, Rakxayn shahriga chegaradosh Bangladeshning Koks Bozor tumaniga minglab musulmonlar yog‘ilib kelmoqda.
«Hozircha ularning ko‘pi vaqtincha yaratilgan muhojirlar lagerida istiqomat qilishmoqda. Shuningdek, tumandagi maktab va ijtimoiy markaz binolari qochoqlar uchun bo‘shatib berilgan», deydi Tripura.
Vaziyat keskinlashgan bir davrda, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Bangladeshni yanada ko‘proq musulmonlarni qabul qilishga chaqirmoqda. Qurbon Hayit ayyomida nutq qilgan vazir Bangladesh tomonidan sarflangan barcha xarajatlarni Turkiya to‘lab berishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026