Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hali mehmonda g‘alaba qozonmadik. Xuddi shu tufayli ertaga g‘alaba qozonmoqchimiz» - Murabbiy
JCh-2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari uchrashuvi oldidan koreyaliklar ustozi Shin Txe Yong va futbolchi Song Hyong Min matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— Toshkentga kelganingizdan keyin jamoa o‘zini qanday his qilmoqda?
— Bu yerdagi sharoit yaxshi. Koreya oshxonasidan oshpaz chaqirganmiz. Faqat bu yerda kunduzi biroz issiq ekan. Ammo kechga borib futbol o‘ynashga mos havo hukm surmoqda. Bu esa ertangi o‘yin oldidan juda muhim.
— Futbolchiga savol: Jamoaning hozirgi ahvoli qanday? O‘yinga tayyorgarlik haqida gapirib bering.
— O‘zbekistonga qarshi uchrashuvlarda juda ko‘p marta maydonga tushganman. Shu bois bu borada tajribam yetarli. Jamoadoshlarim bilan bu o‘yinni juda ko‘p muhokama qilishga ulgurdik.
— O‘zbekistonning Xitoyga qarshi o‘yinini ko‘rgandirsiz. Ularga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
— Bu savolni raqib jamoa va hamkasbimga berganingiz yaxshi. Raqib jamoani hurmat qilgan holda bu savolga javob bermaganim ma'qul deb o‘ylayman.
— Ertaga jamoa pley-offga ham tushib qolishi mumkin. Bunga tayyormisiz?
— Pley-off haqida o‘ylab ko‘rganimiz yo‘q. Biz faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
— Umuman klubda («Tottenhem») to‘p surganingiz kabi, terma jamoada o‘ynay olmayapsiz? Bu nima bilan bog‘liq? O‘zingizga ham shu sezilyaptimi?
— Biz uchun eng muhimi jamoa. Birinchi navbatda aynan jamoa manfaatlari uchun harakat qilamiz. Kim gol urishining farqi yo‘q. Kimning o‘yini zo‘r chiqishini ham. Asosiysi jamoaviy yutuq. Terma jamoadagi o‘yinlaridan men ham qoniqish hosil qilayotganim yo‘q. Lekin asosiy jamoaga ko‘mak bersam bo‘ldi. Ertaga maydonga tushamanmi yo‘qmi, bilmayman lekin imkoniyat berilsa, bor kuchim bilan harakat qilaman.
— Ertangi o‘yinda psixologik tayyorgarlik ham juda muhim. Bunda siz qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz va futbolchilarni qay tarzda tayyorladingiz?
— Eronga qarshi uchrashuvda yaxshi imkoniyat bor edi. Ammo undan foydalana olmadik. Shu boisdan qandaydir xotirjam bo‘la olganimiz yo‘q. Bu uchrashuv oldidan boshqattan o‘zimizni ruhan qo‘llab-quvvatlab olishimizga to‘g‘ri keldi. Yaxshi kayfiyatda tushib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
— Samvel Babayan bilan uchrashuvlaringiz haqida gapirib bering.
— Birinchi davrada Songning ikkita gol bilan yutgandik. Birinchi uchrashuvda esa Olimpiya terma jamoasiga murabbiy bo‘lganida ko‘rishganmiz. Uning jamoasi bilan bitta mehmonxonada turganmiz. Aloqalarimiz juda yaxshi bo‘lgan.
— Jarohat olgan Ki Sung Yong haqida. U jarohatidan to‘liq tuzaldimi? Maydonga tusha oladimi?
— O‘sha uchrashuvda shovqin-suron bilan kommunikatsiyalar orqali asl vaziyatni bila olmagandik. Stadion juda shovqin edi va bu bois tavakkal qila olmasdik. Ammo jarohat jiddiy bo‘lib chiqmadi va u ertaga maydonga tusha olishi mumkin bo‘ladi.
— O‘zbekistonga qarshi eng qiyin o‘yin qaysi bo‘lgan?
Song Hyong Min: — O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda barcha uchrashuvlar qiyin bo‘lgan. Shu boisdan alohida bir uchrashuvni ajratib ko‘rsata olmayman. Ertaga biz juda noqulay raqibga qarshi o‘ynaymiz.
— Janubiy Koreya terma jamoasi mehmonda birorta ham g‘alaba qozona olmagan. Ertaga nimaning evaziga bu vaziyatni yengib o‘tib, g‘alaba qozonmoqchisiz?
Murabbiy: — Mehmonda shu paytgacha yutmadikmi? Xuddi shu sabab bilan endi ertaga g‘alaba qozonmoqchimiz.
Azamat Murodov yozib oldi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026