Chustda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga zamonaviy uylar topshirildi
Prezident tashabbusi bilan xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi. Unga muvofiq bunday toifadagi ayollar ro‘yxati shakllantirilib, imtiyozli uylar uchun boshlang‘ich badal puli 4 milliard 210 million so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada joriy yilda respublikamiz bo‘yicha 385 nafar mehnatga layoqatsiz fuqarolarga zamonaviy turar joylar in'om etildi.
2017 yil 30 avgust kuni Namangan viloyatining Chust tumanida ham ana shunday uylarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi X.Bozorov 3 nafar nogironlarga ramziy kalitni topshirdi.
Tumandagi Qiziltepa qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi Ma'suma Mehmonova, Mehnatobod mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Ne'matxon Najmiddinov, Baymoq qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi Munavvar Madaminovalar uy-joy bilan ta'minlanishga o‘ta muhtojligi bois, Prezidentning takliflariga ko‘ra, to‘liq jihozlari bilan Sadacha mahalla, Sabzazor massivida bunyod etilgan shinam uylarda yashash baxtiga muyassar bo‘ldilar.
Shu bilan birga, shu kuni bo‘lib o‘tgan marosimda Mingbuloq, Pop, Kosonsoy, Uychi, To‘raqo‘rg‘on tumanlaridan kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolarga hamda tumandagi Varzik qishlog‘i fuqarosi 2-guruh nogironi Gulandon Latipova va Karkidon qishlog‘i fuqarosi 2-guruh nogironi Mirabdulla Xanjarovlarga viloyat hokimi nogironlik aravachasini topshirdi.
Mavzuga oid
10:23 / 14.09.2024
Chortoqda 14 yoshli bolaning umriga zomin bo‘lgan Malibu haydovchisi 4 yilga qamaldi
08:02 / 22.09.2023
Chustda 71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan
07:05 / 22.09.2023
Chustda voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi yuz berdi
08:10 / 04.09.2022