Jinoyat işlari böyiça Çust tumani sudi raisi Jahongir Yakubxöjayev yordamçisi Şohjahon Yaxşiboyevni kaltaklab, unga jarohat yetkazgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, holat 2025 yilning 18 yanvar kuni sodir bölgan. Sud raisi Jahongir Yakubxöjayev yordamçisi Şohjahon Yaxşiboyevni özining xizmat xonasida kaltaklagan. Jarohat olgan yordamçi Töraqörğon tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan. Tibbiy ma’lumotnomada Yaxşiboyev yuz sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi tan jarohati olgani körsatilgan.

Boş prokurorning matbuot kotibi Kun.uz söroviga javoban uşbu hodisa yuz berganini tasdiqladi va holat yuzasidan Çust tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Sud raisining bu qilmişi MJtKning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkaziş) 2-qismi bilan malakalanişi mumkin. Bordi-yu şunday bölib çiqsa, Jahongir Yakubxöjayev bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravarigaça (1,5 mln söm) miqdorda jarima tölaşiga töğri keladi. MJtKning 245-moddasiga köra bunday toifadagi işlar jinoyat işlari böyiça sudda körib çiqiladi.

Ammo qonunga köra sudyaning şaxsi daxlsiz hisoblanadi. U tegişli sudyalar malaka hay’atining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilişi mumkin emas.

Ma’lumot uçun, Jahongir Yakubxöjayev 2023 yil iyul oyida sudyalik vakolati muddati davrining beş yil muddatiga jinoyat işlari böyiça Çust tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangan. Bungaça u jinoyat işlari böyiça Izboskan tuman sudi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

UPD: Sudyalar oliy kengaşi xizmat tekşiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Tekşiruv yakuni böyiça qöşimça axborot berilişi aytildi.