25 oktyabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi AYoQŞda portlaş yuz berib, bir kişi halok böldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Soat 18:47 da 112 tizimiga tumanning Birlik mahallasida iş faoliyatini töxtatgan avtomobillarga yonilği quyiş şaxobçasida portlaş sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.

Hodisa joyiga 3 ta yonğin-qutqaruv bölinmasi borgan. Yonğin yuzaga kelmagan.

Qayd etilişiça, 10 tonnali yonilği saqlaş sisternasini boşqa joyga köçiriş jarayonida yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani ortidan portlaş röy bergan va payvandlovçi işçi halok bölgan.

Hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori örganilmoqda