Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Yanukovichning 500 kilogramm oltini xatlov qilindi
Yevropadagi davlatlardan birida Ukraina talabi bilan mamlakatdan Viktor Yanukovichning atrofidagi shaxslar tomonidan olib chiqib ketilgan 500 kilogramm oltin xatlov qilindi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Insider nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oltin partiyasini xatlov qilish haqidagi ma'lumot bir necha hafta avval paydo bo‘lgan. Gap Yevropadagi qaysi davlat haqida ketayotgani noma'lum. Bunday miqdordagi oltinning bozor narxi 21 million dollardan ortiqni tashkil etadi.
Yeninning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlarida Yanukovich va uning atrofidagi shaxslarning hammasi bo‘lib 200 mln dollarlik aktivlari xatlovga olingan.
Ukraina bosh prokuraturasi Viktor Yanukovich tomonidan mamlakatga yetkazilgan zarar miqdorini 40 mlrd dollarga baholagan. Yanukovichning o‘zi davlatga xiyonatda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026