Koreyalik muxlislar Janubiy Koreya Jahon chempionatiga chiqishiga shubha qilishmayapti
FIFA reytingida 49-pog‘onani band qilib turgan Janubiy Koreya terma jamoasi o‘zbekistonlik futbolchilarga qarshi o‘yindan avval yaxshi kayfiyatda ekanini bildirib o‘tgan. Jamoa muxlislarining har 10dan 9 nafari JCh-2018 yo‘llanmasi Toshkentdagi o‘yindan keyin ijobiy tarafga hal bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.
Bu terma jamoalarning Toshkentda o‘tgan oxirgi ikki uchrashuvida durang natija qayd etilgan, endilikda ikki jamoa uchun ham g‘alaba juda muhim.
Koreyslar tomonidan «Suonsi Siti» futbolchisi Ki Su Yongning maydonga tushishi haligacha o‘z yechimini topmadi. U iyun oyida tizzasidan jarohat olib, Eronga qarshi o‘tkazilgan mehmondagi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan.
O‘zbekiston terma jamoasi esa o‘z uyida faqat Eronga mag‘lub bo‘ldi, qolgan uch o‘yinda g‘alaba Toshkentda qolgandi. Ertaga, 5 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinda, 2016 yil Koreya darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan Marat Bikmayev maydonga tusha olmaydi. Uning sariq kartochkalar ortib ketgani bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024