Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Shimoliy Koreyani hech qanday qiyinchiliksiz yo‘q qilib yuborishi mumkin
Foto: © CC0
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Pxenyan vodorod bombasini sinagandan keyin Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra AQSh Shimoliy Koreyani hech qanday qiyinchiliksiz yo‘q qilib yuborishi mumkinligini va buni qanday amalga oshirishning ko‘plab variantlariga egaligini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, AQSh barcha imkoniyatlariga qaramasdan, biror-bir davlatni yo‘q qilib yuborish istagida emas.
“Biz biror-bir davlatni, jumladan Shimoliy Koreyani butkul yo‘q qilib yuborishga intilmaymiz. Vaholanki, aytganimdek, bizda buni qilishning ko‘plab variantlari mavjud”, deb aytgan Mettis yig‘ilishdan keyin.
Yig‘ilish davomida Mettis Trampni Shimoliy Koreyaning harakatlariga javob berishning turli harbiy variantlari bilan tanishtirgan. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Mettis AQShning ittifoqdoshlari, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyani ularning hududlariga biror hujum amalga oshirilish vaqtida himoya qilishga qat'iy tayyorligini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, AQSh va uning hududlari, jumladan Guam oroli yoki ittifoqdoshlari hududiga biror-bir tahdid “katta ko‘lamli va ancha ustun” harbiy javobga duch keladi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026