Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
90-yillarda musulmonlar qatliomidagi ishtiroki uchun bir guruh jinoyatchilar jazoga tortildi
Dushanba kuni bayonot bergan Serbiya Bosh prokuraturasi prokurorlari 1990-yillarda qo‘shni Bosniya hududida ko‘plab serb musulmonlarining o‘limida ayblangan besh nafar jinoyatchini jazoga mahkum etganini ma'lum qildi.
Bayonotda aytilishicha, 1993 yil 27 fevralda serb harbiy jangarilari Strpsi qishlog‘idan o‘tib ketayotgan poyezdni to‘xtatib qolgan. So‘ngra, 20 nafar yo‘lovchini Visegradgacha olib borib, oshkora qotillikka qo‘l urilgan. Jasadlar esa Drina daryosiga tashlab yuborilgan edi.
Barcha vafot etganlar Serbiyaning aholisi ko‘pchiligi musulmonlardan tashkil topgan Sandzak tumanidan bo‘lgan. Mazkur jinoyatda aybdor deb topilgan jinoyatchilarning bir guruhi 2014 yili Serbiya hukumati tomonidan jazoga mahkum etilgan. 2016 yili esa uzoq sud majlislaridan so‘ng ulardan o‘n bir nafari yana besh yil ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan qamoqxonaga ravona bo‘ldi.
O‘sha paytlar harakatni boshqarib turgan Milan Lukich umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan bo‘lib, uning ukasi Goyko Lukich esa besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026