«Chelsi»ning yozgi transferlardagi muvaffaqiyatsizligi tarixi haqida yangi ma'lumotlar
«Everton» yarim himoyachisi Ross Barklining «Chelsi»ga transferi barbod bo‘lgani sabablari oshkor qilindi.
31 avgust kuni, transfer darichasining so‘nggi kunida Barkli Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, lekin eng so‘nggi pallada fikrini o‘zgartirib, ortga qaytib ketgandi.
The Times nashrining xabariga qaraganda, «Chelsi» rahbarlari bosh murabbiy Antonio Konteni transfer bo‘yicha muzokaralardan chetlatishgan. Barkli esa, o‘zining klubdagi o‘rni borasida bosh murabbiy bilan gaplashishni istagan. Klub Kontega Barkli bilan gaplashishni taqiqlab qo‘ygandi. Natijada, talabi qondirilmagach, Barkli «Chelsi»ga o‘tishdan bosh tortgan.
Antonio Kontening muzokaralarga qo‘yilmasligi sababi ham juda qiziq. Italiyalik murabbiyning aralashuvi oqibatida Aleks Oksleyd-Chemberlenning transferi amalga oshmay qolgani ma'lum bo‘lmoqda.
Avgust oyi oxirlarida Aleks 35 million funt evaziga «Chelsi»ga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyin esa, angliyalik futbolchi «Liverpul»ni tanladi. Uning fikrini o‘zgartirishida Konte bilan suhbat sabab bo‘lgan. Murabbiy unga Viktor Mozes bilan birgalikda o‘ng qanotda vingbek pozitsiyasida o‘ynashini aytadi. Oksleyd-Chemberleyn esa, ko‘proq hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynashni ma'qul ko‘rayotgan edi.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
12:56 / 22.09.2024