Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekistonda yana ish boshlaydi
Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch (HRW) xalqaro nohukumat tashkiloti uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekistonda ish boshlaydi. Bu haqida 5 sentabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida bo‘lib o‘tgan forum doirasida ma'lum qilindi.
Mazkur forumda Human Rights Watch xalqaro nodavlat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘linmasi direktori Hyu Uilyamson va tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha ofis direktori Stiv Sverdlov ham ishtirok etdi.
Endilikda xalqaro tashkilot yurtimizda faoliyat olib boruvchi NNT, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan yaqindan hamkorlikni o‘rnatib, inson hayoti, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari, so‘z erkinligini himoya qilishda davom etadi.
Forumda «Taraqqiyot strategiyasi» markazining ijrochi direktori, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, «Tadbirkor ayol» ishbilarmon ayollar uyushmasi, «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi va boshqa tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishdi.
Stiv Sverdlovning ta'kidlashicha, Human Rights Watch tashkiloti ba'zan mustaqil, ba'zan tanqidiy, ayrim hollarda uncha ham yoqimli bo‘lmagan, biroq har doim ishonarli ma'lumotni to‘plashga ko‘maklashuvchi va inson huquqlari doirasida O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga tavsiyalar beruvchi ovoz bo‘lib xizmat qiladi.
Ma'lumot o‘rnida: Human Rights Watch tashkiloti 1978 yilda tashkil etilgan bo‘lib, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida monitoring olib borish, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa umume'tirof etilgan hujjatlarda inson huquqlariga oid xalqaro normalarga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni e'lon qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
18:49 / 01.03.2023
Tibbiy ma’lumotnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
01:08 / 01.03.2023
1 sentabrdan 10–11-sinf o‘quvchilari qiziqishiga mos dasturlar asosida o‘qitiladi – davlat dasturi
23:02 / 28.02.2023