Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonlik futbolchilar charchaganini sezdim». Koreya murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi
Foto: KUN.UZ
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so‘nggi – 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya (0:0) uchrashuvidan keyin Shin Te Yong matbuot anjumanida ishtirok etdi.
“Biz g‘alaba uchun kelgandik, ammo durang qayd etdik. Ushbu natija bizni qatorasiga 9-marta JChga olib chiqdi. Futbolchilar o‘yin yakuniga qadar borini berib o‘ynadi, hatto o‘yindan bir kun oldin uxlay ham olmadi. O‘zbekistonlik muxlislar bizni muvaffaqiyat bilan tabrikladi, ularga rahmat aytaman.
Yuqorida aytganimdek, biz g‘alaba uchun kelgandik, ammo katta bosim tufayli gol ura olmadik. Shunga qaramay, bugungi natija bizni qoniqtiradi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari ham yaxshi o‘ynadi, ular Fair Play (halol o‘yin) qoidalariga amal qilib o‘ynadi.
Terma jamoaga kelganimga ko‘p bo‘lmadi. Birinchi o‘yinimni Eronga qarshi o‘ynadim. O‘zingiz bilasiz, Eron Osiyoning eng kuchli jamoasi. Shuning uchun biz hujumkor o‘ynashga harakat qildik. Bugungi o‘yin ham qiyin kechdi va yakunda qoniqarli natijaga ega bo‘ldik.
Birinchi bo‘limda yutqazmaslik uchun o‘ynagandik, chunki O‘zbekiston kuchli raqib ekanini bilardik. Raqib birinchi bo‘limda ikkinchisiga nisbatan kuchsizroq o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston futbolchilari jismoniy jihatdan sustlashganini sezdim”, – dedi koreyalik mutaxassis.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025