Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bir necha yil ichida ilk bor janubiy chegaralarini mustahkamlamoqda
NATO alyansining Neapoldagi birlashgan kuchlari qarorgohida janubiy yo‘nalishda vaziyatni tahlil qilish va axborot almashish muvofiqlashtiruvchi markazi o‘z ishini boshladi. Bu haqda ANSA agentligi xabar qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, yangi tuzilma axborot to‘plash, almashish va tahlil qilish, tahdidlarni baholash, shuningdek, janubiy yo‘nalishda harakatlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, yangi markaz "tahlil qiliish va axborot almashish yo‘li bilan mintaqadagi vaziyat, tahdid va imkoniyatlarni yaxshiroq anglashga imkon beradi".
Bu tuzilmani tashkil etish qarori shu yilning fevral oyida NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi. Uning faoliyatini 100 nafar mutaxassis olib boradi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026